Lokomotivlarning avtotormoz qurilmalarini ta’mirlash sehi ochildi

2023 yil 10 may kuni “O’zbekiston” lokomotiv deposida o’z mehnat faoliyatini olib borayotgan ishchi-xodimlarning samarali mehnat qilishlari uchun sharoit yaratish maqsadida korxona boshlig’i F.E. Maxamatov boshchiligida “O’zbekiston” lokomotiv deposi VL rusumli elektrovozlarni joriy ta’mirlash sexida joylashgan lokomotivlarning avtotormoz qurilmalarini ta’mirlash sehining hamda moderinizatsiya qilingan 2 dona kranning tantanali ochilish marosimi bo’lib o’tdi.

Yuqorida keltirilgan sehning xonalari zamonaviy texnikalar, yumshoq mebellar va isitish tizimi bilan jixozlandi.

Tadbir davomida korxona boshlig’i F.E.Maxamatov hamda kasaba uyushmasi qo’mitasi raisi D.T. Asamiddinov bilan birgalikda korxonada uzoq yillar xizmat qilgan va hozirgi kunda 60 yoshni qarshi olgan omborxona mudiri Abdullayev T. Ni tavallud ayyomi bilan muborakbod etishdi.

Tadbir yakunida mas’ul xodimlarga tushlik tashkil etildi1,6Kedited 14:36