Asosiy
Logo

"O‘zbekiston" temir yo'llari AJ

"O‘zbekiston" lokomotiv deposi rahbariyati

images
quotes

"Boshqaruvda aniqlik, tartibda barqarorlik, harakatda ishonch!"

Maxsumov Olimjon Muradovich

Depo boshlig'i

Lokomotiv depo boshlig‘i — bu korxonaning umumiy faoliyati, ishlab chiqarish jarayonlari, texnik xizmat ko‘rsatish, ta’mirlash, ekspluatatsiya va boshqaruvning barcha bosqichlari uchun mas’ul shaxs hisoblanadi. U depo ichidagi barcha bo‘limlarning o‘zaro hamkorligi va ish jarayonining izchil, samarali va xavfsiz amalga oshirilishini ta’minlaydi.

Depo boshlig‘i ishlab chiqarish rejalarini ishlab chiqadi, xodimlar faoliyatini nazorat qiladi, mehnat va texnika xavfsizligi talablariga rioya qilinishini kuzatadi. Shuningdek, u lokomotivlarning texnik holatini, harakat jadvaliga muvofiqligini, ta’mirlash va ekspluatatsiya sifatini muntazam tahlil qiladi va zarur choralar ko‘radi.

Depodagi mashinistlar, muhandislar, ustalar va texnik xodimlar ishini boshqaradi, ularning malaka oshirishini va mehnat intizomini ta’minlaydi. Moliyaviy masalalar, ehtiyot qismlar ta’minoti, hujjat yuritish va korxona rasmiy vakolatlarini bajarish ham uning vakolatiga kiradi.

Xulosa qilib aytganda, depo boshlig‘i bu — korxonaning yuragi, harakat xavfsizligi, samaradorlik va tartib uchun to‘liq javobgar bo‘lgan bosh rahbardir. Uning qarorlari temir yo‘l transporti tizimida muhim ahamiyatga ega.


Mehnat faoliyati:

# 2011 / 2011

“O‘zbekiston temir yo‘llari” DATK Toshkent tovar vagon deposi 15-Vagon yig‘uv tsexi (iqtisodiyot bo‘limi) 5-toifali muhandis-texnologi

# 2011 / 2015

“O‘zbekiston temir yo‘llari” DATK Toshkent tovar vagon deposi muhandis, yetakchi iqtisodchi

# 2015 / 2018

“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ Toshkent yuk vagon deposi yetakchi iqtisodchi

# 2018 / 2023

“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ Toshkent mintaqaviy temir yo‘li uzeli unitar korxonasi iqtisodiy tahlil va prognozlash bo‘limi boshlig‘i

# 2023 / 2025

“Temiryo‘linfratuzilma” AJ Iqtisodiyot boshqarmasi boshlig‘i

# 2025 / hozirgi vaqtgacha

“Temiryo‘l infratuzilma” AJ “Temiryo‘l infratuzilma” MCHJ “O‘zbekiston” lokomotiv deposi boshlig‘i
Abdullayev Zokirjon Xoldarovich FOYDALANISH ISHLARI BO‘YICHA O‘RINBOSAR
Amanov Otabek Choriyevich FOYDALANISH ISHLARI BO‘YICHA O‘RINBOSAR
Mirzaraxmedov Jamshid Mirzaolimovich TA'MIRLASH ISHLARI BO‘YICHA O‘RINBOSAR
Zulfiqorov Murodxo‘ja Yoʼldoshxo‘ja o‘g‘li TA'MIRLASH ISHLARI BO‘YICHA O'RINBOSAR
Egamberdiyev Javohir Ne'matilla o'g'li BOSH MUHANDIS O‘RINBOSARI
Zokirov Otabek Murodjanovich BOSH MUHANDIS O‘RINBOSARI