"Texnik mukammallik – harakat xavfsizligining poydevori!"
Lokomotiv depo bosh muhandisi korxonaning barcha texnik jarayonlari uchun javobgar bo‘lgan yetakchi mutaxassis hisoblanadi. Uning asosiy vazifasi – depo hududida bajariladigan texnik xizmat ko‘rsatish, lokomotivlarni ta’mirlash, ularni ekspluatatsiyaga tayyorlash jarayonlarini muvofiqlashtirish va yuqori sifatda tashkil etishdan iborat. Bosh muhandis texnik reglamentlar, xavfsizlik talablariga qat’iy amal qilinishini nazorat qiladi hamda texnologik intizomni ta’minlaydi.
Shuningdek, bosh muhandis ishlab chiqarish samaradorligini oshirish maqsadida yangi texnologiyalar, raqamli nazorat tizimlari va avtomatlashtirish usullarini joriy etish bo‘yicha takliflar ishlab chiqadi. U texnik xodimlar faoliyatini boshqaradi, ularning malakasini oshirish va bilimini doimiy rivojlantirishga alohida e’tibor qaratadi. Depodagi texnik vositalarning holatini tahlil qiladi, avariyaviy holatlarning oldini olish uchun tizimli chora-tadbirlarni amalga oshiradi, mehnat muhofazasi va sanoat xavfsizligini ta’minlaydi.
# 1998 / 1999
Toshkent temir yo‘l litseyi o‘quvchisi# 2000 / 2000
«O‘zbekiston temir yo‘llari» DATK «O‘zbekiston» lokomotiv deposi 2-toifali harakatli tarkibni ta’mirlovchi chilangari# 2000 / 2003
«O‘zbekiston temir yo‘llari» DATK Toshkent mintaqaviy temir yo‘l uzeli «O‘zbekiston» lokomotiv deposi elektrovoz mashinisti yordamchisi# 2003 / 2004
Mashinistlar tayyorlov o‘quv kursining 10-oylik «teplovoz va elektrovoz mashinistiga tayyorlov» o‘quv kursi tinglovchisi# 2004 / 2006
«O‘zbekiston temir yo‘llari» DATK Toshkent mintaqaviy temir yo‘l uzeli «O‘zbekiston» lokomotiv deposi elektrovoz mashinisti yordamchisi# 2006 / 2011
«O‘zbekiston temir yo‘llari» DATK Toshkent mintaqaviy temir yo‘l uzeli «O‘zbekiston» lokomotiv deposi elektrovoz mashinisti# 2011 / 2013
«O‘zbekiston temir yo‘llari» DATK Toshkent mintaqaviy temir yo‘l uzeli «O‘zbekiston» lokomotiv deposi 3-darajali elektrovoz mashinisti# 2013 / 2016
«O‘zbekiston temir yo‘llari» aksiyadorlik jamiyati «O‘zbekiston» lokomotiv deposi lokomotiv brigadalarni o‘qitish bo‘yicha mashinist-murabbiyi# 2016 / 2016
«O‘zbekiston temir yo‘llari» aksiyadorlik jamiyati «O‘zbekiston» lokomotiv deposi elektrovoz mashinisti# 2016 / 2017
«O‘zbekiston temir yo‘llari» aksiyadorlik jamiyati «O‘zbekiston» lokomotiv deposi lokomotiv brigadalarni o‘qitish bo‘yicha mashinist-murabbiyi# 2017 / 2018
«O‘zbekiston temir yo‘llari» aksiyadorlik jamiyati «O‘zbekiston» lokomotiv deposi boshlig‘ining lokomotivlardan foydalanish ishlari bo‘yicha o‘rinbosari v.b# 2018 / 2021
«O‘zbekiston temir yo‘llari» aksiyadorlik jamiyati «O‘zbekiston» lokomotiv deposi 2-darajali elektrovoz mashinisti# 2021 / 2022
«O‘zbekiston temir yo‘llari» aksiyadorlik jamiyati «O‘zbekiston» lokomotiv deposi elektrovoz mashinisti# 2022 / 2022
«O‘zbekiston temir yo‘llari» aksiyadorlik jamiyati «O‘zbekiston» lokomotiv deposi 1-darajali elektrovoz mashinisti# 2022 / 2025
«O‘zbekiston temir yo‘llari» aksiyadorlik jamiyati «Temir yo‘l infra tuzilma» mas’uliyati cheklangan jamiyati «O‘zbekiston» lokomotiv deposi boshlig‘ining lokomotivlardan foydalanish ishlari bo‘yicha o‘rinbosari# 2025 / 2025
«O‘zbekiston temir yo‘llari» aksiyadorlik jamiyati «Temir yo‘l infra tuzilma» mas’uliyati cheklangan jamiyati «O‘zbekiston» lokomotiv deposi elektrovoz mashinisti# 2025 / 2025
«O‘zbekiston temir yo‘llari» aksiyadorlik jamiyati «Temir yo‘l infra tuzilma» mas’uliyati cheklangan jamiyati «O‘zbekiston» lokomotiv deposi Kasaba uyushma qo‘mitasi raisi# 2025 / hozirgi vaqtgacha
«O‘zbekiston temir yo‘llari» aksiyadorlik jamiyati «Temir yo‘l infra tuzilma» mas’uliyati cheklangan jamiyati «O‘zbekiston» lokomotiv deposi bosh muhandisi