"Harakat xavfsizligi doimo birinchi darajada!"
Depo boshlig‘ining lokomotivlardan foydalanish ishlari bo‘yicha o‘rinbosari – lokomotivlarning samarali, xavfsiz va rejaga muvofiq ishlatilishini tashkil etuvchi mas’ul rahbar hisoblanadi. U lokomotivlar harakatini rejalashtirish, ulardan maqsadga muvofiq foydalanish, texnik holatini nazorat qilish hamda mashinistlar faoliyatini muvofiqlashtirish bilan shug‘ullanadi.
Ushbu lavozim egasi lokomotivlarning harakat jadvaliga mos ravishda ishga tayyor holatda bo‘lishini ta’minlaydi, mashinistlar navbatchiligi, yo‘nalish bo‘yicha resurslarni taqsimlash va ekspluatatsiya jarayonining to‘liq nazoratini yuritadi. Har bir lokomotivning texnik ko‘rsatkichlari, yoqilg‘i sarfi, ish unumdorligi va harakat xavfsizligi yuzasidan doimiy monitoring olib boradi.
Bundan tashqari, u lokomotivlardan foydalanish jarayonidagi kamchiliklar va nosozliklarni aniqlaydi, ularni bartaraf etish uchun ta’mirlash bo‘limlari bilan hamkorlik qiladi. Mehnat va texnika xavfsizligi talablariga rioya qilinishini ta’minlab, yo‘lovchi va yuk tashish ishlarining uzluksizligini kafolatlaydi. Hisobotlar tayyorlaydi, tahliliy ishlar olib boradi hamda samaradorlikni oshirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqadi. Umuman olganda, bu lavozim egasi lokomotivlar harakatining yuragi hisoblanadi.
# 2003 / 2007
Toshkent temir yo‘l muhandislari instituti talabasi# 2007 / 2008
«O‘zbekiston temir yo‘llari» DATK Toshkent mintaqaviy temir yo‘l uzeli «O‘zbekiston» lokomotiv deposi tsex ustasi# 2008 / 2011
«O‘zbekiston temir yo‘llari» DATK Toshkent mintaqaviy temir yo‘l uzeli «O‘zbekiston» lokomotiv deposi 2- va 3-darajali harakatli tarkibni ta’mirlash chilangari# 2011 / 2017
«O‘zbekiston temir yo‘llari» AJ «O‘zbekiston» lokomotiv deposi elektrovoz mashinisti yordamchisi# 2017 / 2018
Mashinistlar tayyorlov o‘quv markazining 6 oylik “Elektrovoz mashinistiga tayyorlov” o‘quv kursi tinglovchisi# 2018 / 2019
«O‘zbekiston temir yo‘llari» AJ «O‘zbekiston» lokomotiv deposi elektrovoz mashinisti yordamchisi# 2019 / 2020
«O‘zbekiston temir yo‘llari» AJ «O‘zbekiston» lokomotiv deposi elektrovoz mashinisti# 2020 / 2023
«O‘zbekiston temir yo‘llari» AJ “Temiryo‘linfratuzilma” MCHJ «O‘zbekiston» lokomotiv deposi lokomotiv brigadalar mashinist-murabbiyi# 2023 / 2023
«O‘zbekiston temir yo‘llari» AJ “Temiryo‘linfratuzilma” MCHJ «O‘zbekiston» lokomotiv deposi lokomotiv brigadalar katta mashinist-murabbiyi# 2023 / 2025
«O‘zbekiston temir yo‘llari» AJ “Temiryo‘linfratuzilma” MCHJ «O‘zbekiston» lokomotiv deposi lokomotiv brigadalar mashinist-murabbiyi# 2025 / hozirgi vaqtgacha
«O‘zbekiston temir yo‘llari» AJ “Temiryo‘linfratuzilma” MCHJ «O‘zbekiston» lokomotiv deposi boshlig'ining foydalanish ishlari bo'yicha o'rinbosari